Yangiliklar/Raqamli Idora Tizimidan 20 dan ortiq tashkilot foydalanmoqda
Yangiliklar12-avgust, 20261 daqiqa

Raqamli Idora Tizimidan 20 dan ortiq tashkilot foydalanmoqda

Integrum ishlab chiqqan Raqamli Idora Tizimidan hozirda 20 dan ortiq davlat va xususiy sektor tashkiloti foydalanib kelmoqda. Platforma tashkilotning ichki …

Raqamli Idora Tizimidan 20 dan ortiq tashkilot foydalanmoqda

Integrum ishlab chiqqan Raqamli Idora Tizimidan hozirda 20 dan ortiq davlat va xususiy sektor tashkiloti foydalanib kelmoqda. Platforma tashkilotning ichki jarayonlarini yagona raqamli muhitda birlashtiradi: xodimlar davomati real vaqt rejimida qayd etiladi, kechikish va ishdan tashqari vaqt bo'yicha hisobotlar avtomatik shakllanadi. Ichki hujjat aylanishi (EDO) moduli ariza, buyruq va yo'riqnomalarni qog'ozsiz qabul qilish, ko'rib chiqish va imzolash imkonini beradi — hujjatning har bir bosqichi tizimda saqlanadi. Transport kirish-chiqish nazorati hudud bo'ylab harakatni, ruxsatnomalar va marshrut tarixini avtomatik yuritadi. Rahbariyat uchun esa barcha ko'rsatkichlar yagona boshqaruv panelida real vaqtda jamlanadi.