EROI.UZ — raqamli obyekt identifikatsiyasi
Tizim sizning raqamli obyektingizni ishonchli va arzon narxlarda cheklanmagan muddatga serverlarda saqlaydi — jurnal yoki material e'lon qilingan sayt yopilsa ham material internet tarmog'idan o'chmaydi. Raqamli obyektga berilgan unikal raqamlar yordamida havolalar orqali muallifning h-indeksi to'g'ri hisoblanishi kafolatlanadi. ROI ilmiy jurnalning reyting ko'rsatkichlarini yuqori aniqlikda hisoblashda muhim ahamiyatga ega.
Nashriyotlar o'z saytlarini ROI tizimiga integratsiya qilish orqali bir amal bilan raqamli obyektga identifikator olishlari mumkin. ROI identifikatorini nashr yoki uning qismiga (kitob, kitob bobi, maqola), element (rasm, jadval, formula), audio va video tarkib hamda ma'lumotlar to'plamlariga berish mumkin: dissertatsiya, avtoreferat, monografiya, maqola, anjuman maqolasi, tezis, loyiha hisoboti, darslik va boshqalar. ROI nomidan foydalangan holda tizim internetdagi obyektning doimiy joylashgan joyiga yoki uning meta-ma'lumotlariga havola (URL) beradi.
Asosiy funksiyalar
Foydalanilgan texnologiyalar:
Boshqa loyihalar
Turli sohalar uchun yaratilgan va o‘z samarasini ko‘rsatgan eng yaxshi IT loyihalarimiz bilan tanishing.



